Qozon federal universitetining o`zbekistonlik talabasi Sabina Musaeva “Dunyo durdonasi - 2016” tanlovida qatnashib, g`olib bo`ldi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Sabina Musaeva mazkur go`zallik va iqtidor tanlovining g`oliblik tojidan tashqari, “Ilhom go`zali” nomiga ham sazovor bo`ldi.
Tanlovning final bosqichi Qozon shahrida o`tkazildi va unda dunyoning 30 mamlakatidan vakilalar ishtirok etdi.
Ikkinchi o`rin Qozon texnika universiteti talabasi Angelina Gubanova (Rossiya)ga, uchinchi o`rin Qozon federal universiteti talabasi Do Nyung (Vetnam)ga nasib etdi.





