AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchragani rad etildi

'O`zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchragani rad etildi'ning rasmi

Qator ommaviy axborot vositalarida O`zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi rasmiy veb-saytiga xakerlik hujumi uyushtirilgani haqida tarqatilgan xabarlar o`z tasdig`ini topmadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axborotida ma`lum qilindi. 

"Diplomatik vakolatxonaning elektron resursi (http://www.uzbekistan.org.ua/) hech qanday xakerlik hujumiga uchramagan va odatiy tartibda faoliyat ko`rsatmoqda. Axborot makonida tarqalgan Elchixonaning buzib kirilgan sayti skrinshoti soxta ekanligi aniqlandi", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar