Avval xabar qilganimizdek, bugun Ukrainadan evakuasiya qilingan o`zbekistonliklarni olib kelish uchun 3-maxsus reys uchib ketgan edi
1 mart kuni soat 15:05da Polshaning Katovise shahridan Ukrainadan evakuasiya qilingan 253 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari «Uzbekistan Airways» AJning uchinchi maxsus samolyoti bilan O`zbekistonga uchib kelmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining bildirishicha, ular orasida 68 nafar ayol, 54 nafar bola va 12 nafar chaqaloq bor. Bort Toshkentga taxminan 20:45da qo`nadi.
Shuningdek, bugun yana ikkita reys tashkil etilishi kutilmoqda.
Ukrainadan Polsha hududi orqali evakuasiya qilingan O`zbekiston fuqarolarining umumiy soni 762 nafarga etdi.
Eslatib o`tamiz, kecha tunda va bugun tongda Ukrainadan evakuasiya qilingan o`zbekistonliklarning bir guruhi Toshkentga etib keldi.






