AsosiyIqtisodiyot

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarda kuzatilayotgan uzilishlar yuzasidan Markaziy bank ma’lumot berdi

'Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarda kuzatilayotgan uzilishlar yuzasidan Markaziy bank ma’lumot berdi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi transchegaraviy pul o`tkazmalari faoliyati yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma`lum qildi:

Bugungi kunda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ayrim xalqaro pul o`tkazmalari operatorlari faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yoki to`xtalishlar kuzatilmoqda.

Qayd etish lozimki, Rossiya Federasiyasidan O`zbekistonga pul o`tkazmalarini amalga oshiruvchi ko`plab tizimlar yo`lga qo`yilgan bo`lib, ba`zi tizimlarda uzilishlar vujudga kelganda ularning boshqa muqobilidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Xalqaro pul o`tkazmalarining aholi uchun dolzarbligidan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan mamlakatimiz hududida ularning uzluksiz faoliyati uchun zarur choralar ko`rib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar