AsosiyJamiyat

Ukrainadan evakuasiya qilingan o`zbekistonliklarning uchinchi guruhi Toshkentga etib keldi

'Ukrainadan evakuasiya qilingan o`zbekistonliklarning uchinchi guruhi Toshkentga etib keldi'ning rasmi

Xabaringiz bor Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat sabab yurdoshlarimiz charter reyslar orqali yurtimizga evakuasiya qilinmoqda.  

Kecha, Ukrainadan evakuasiya qilinayotgan o‘zbekistonliklarning dastlabki guruhi Toshkentga yetib kelgan edi. Bugun esa Ukrainadan evakuasiya qilingan hamyurtlarimizning ikkinchi guruhi ortga qaytdi.  

Shuningdek bugun, Toshkent vaqti bilan 20:30da Ukrainadan evakuasiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarining 253 nafari Polshaning Katovise shahridan Uzbekistan Airways’ning uchinchi maxsus reysida O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Darakchi muxbiri voqea joyidan xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun:

Ukrainadan Polsha hududi orqali O‘zbekistonga olib kelingan fuqarolarning umumiy soni 762 nafarga yetgan.

    Boshqa yangiliklar