Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Parkent tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. Bu haqda IIB ma`lumot berdi.
Joriy yilning 28 fevral kuni soat 16:40 larda, Toshkent viloyati, Parkent tumani hududidan o`tgan 4P-187 avtomobil yo`lining 13-kilometrida, haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan J.S. "Lacetti" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tezlik oqibatida rul boshqaruvini yo`qotgan va yo`l chetida ketayotgan piyoda, 2002 yilda tug`ilgan X.A.ni urib yuborib, transport vositasi ag`darilgan.
Natijada, piyoda X.A. tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga olib ketilgan. Ushbu YTH yuzasidan Parkent tumani IIB TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






