AsosiyJamiyat

Endilikda har bir oliy ta`lim muassasasida kuzatuv kengashi tashkil etiladi

'Endilikda har bir oliy ta`lim muassasasida kuzatuv kengashi tashkil etiladi'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta`lim muassasasining kuzatuv (vasiylik) kengashi to`g`risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to`g`risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Qaror loyihasiga ko`ra:

- Kengash oliy ta`lim muassasasini samarali boshqarishda strategik organ hisoblanadi;

- Kengash ta`lim yo`nalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar bo`yicha to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul parametrlarini ham belgilaydi;

- Kengash tarkibiga Oliy Majlis palatalari a`zolari, xalq, mahalliy kengash deputatlari, vazirlik, idoralar, NNT, OAV va jamoatchilik vakillari, homiylar, shuningdek, OTM faoliyatini rivojlantirishdan manfaatdor bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar kirishi mumkin.

Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

    Boshqa yangiliklar