AsosiyJamiyat

O`zbekistonning “Mehr” maxsus operasiyalari doirasida o`z fuqarolarini urush hududlaridan qaytarish tajribasi BMTga a`zo ko`plab mamlakatlar uchun foydali — Abdulaziz Kamilov

'O`zbekistonning “Mehr” maxsus operasiyalari doirasida o`z fuqarolarini urush hududlaridan qaytarish tajribasi BMTga a`zo ko`plab mamlakatlar uchun foydali — Abdulaziz Kamilov'ning rasmi

2022 yil 2 mart kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov joriy yilning 3-4 mart kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan “BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo`yicha qo`shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasidagi mintaqaviy hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O`zbekistonga kelgan BMT Bosh kotibi o`rinbosari – BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O`zbekiston va BMT o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, mamlakatimiz bilan Tashkilotning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi o`rtasidagi hamkorlikning asosiy yo`nalishlari ko`rib chiqildi.

Shuningdek, O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov dunyoning urush bo`layotgan turli nuqtlaridan O`zbekiston fuqarolarini olib kelish ishlarining ahamiyati haqida gapirdi. Jumladan:

– O`zbekistonning “Mehr” maxsus operasiyalari doirasida o`z fuqarolarini urush hududlaridan qaytarish va ularning jamiyatga integrasiyalashuvini ta`minlash tajribasi BMTga a`zo ko`plab mamlakatlar uchun foydali bo`ladi deb hisoblaymiz, dedi Abdulaziz Kamilov

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo bo`lganining 30 yilligi (1992-yil 2-mart) munosabati bilan o`zaro tabriklar almashdilar.

    Boshqa yangiliklar