"Uzbekistan Airways" Birlashgan Arab Amirliklari shaharlariga kirish qoidalari o`zgarganligini ma`lum qildi.
2022-yil 26-fevraldan boshlab yo`lovchilar mamlakatga kirish uchun uchta amaldagi hujjatdan birini taqdim etishlari kerak:
• JSST yoki BAA tomonidan tasdiqlangan emlanganlik (2 doza) to`g`risidagi sertifikat;
• Covid-19 testining manfiy natijasi (amal qilish muddati 48 soat);
• yo`lovchining 1 oy ichida Covid-19 dan tuzalib ketganini tasdiqlovchi tibbiy ma`lumotnoma (sog`aygan sanasi va BAAga kelgan sanasi).
Yuqorida ko`rsatilgan barcha sertifikat/hujjatlar ingliz yoki arab tillarida chop etilishi va QR-kodiga ega bo`lishi kerak.
Yuqoridagi talablar bajarilmagan holda, yo`lovchilar samolyotga qo`yilmaydi.






