AsosiyJinoyat

Namanganda 16 yoshli yigit tengdoshini jahl ustida pichoqlab qo`ydi

'Namanganda 16 yoshli yigit tengdoshini jahl ustida pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

2022 yil 26 fevral kuni soat 11-50 larda Namangan shahar Sheroziy ko`chasida yashovchi voyaga etmagan 16 yoshli L.X. Namangan shahar Zirabuloq ko`chasida joylashgan uylar oralig`ida Yangi Namangan tumanida yashovchi voyaga etmagan 16 yoshli A.A.ni qo`lida bo`lgan pichoq bilan ko`krak qafasi orqa sohasiga 1 marta urib unga tan jarohati etkazganligi aniqlangan. Bunga bir birini telefon orqali haqorat qilgani sabab bo`lgan. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Natijada voyaga etmagan A.A. olgan og`ir tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, voyaga etmagan L.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibida ushlangan.

Tergov davom etmoqda.

Ta`kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar