Qozog`istonning "Fly Arystan" aviakompaniyasi borti “Namangan” xalqaro aeroportiga qo`ndi. Bu xabar "Uzbekistan Airports" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Havo kemasi 1-mart kuni Olmaotadan etib keldi. An`anaga ko`ra, samolyot tantanali ravishda suvli arka bilan kutib olindi.
Ta`kidlash joizki, bu nafaqat "Fly Arystan" aviakompaniyasining Namangan shahriga birinchi qatnovi, balki Olmaota - Namangan yo`nalishi bo`yicha ham birinchi reys bo`ldi. Yaqin oylarda qatnovlar charter asosida amalga oshiriladi va kelgusida, doimiy to`liq yuklangan holatda ushbu yo`nalishda muntazam reyslar yo`lga qo`yiladi.
Bortida 173 nafar yo`lovchisi bo`lgan Airbus A-320 samolyoti Namangandan Olmaotaga jo`nab ketdi.






