YuNESKO tomonidan o`tkaziladigan ushbu konferensiyani yuqori saviyada tashkillashtirish bo`yicha kecha bir nechta dolzarb masalalar muhokama qilindi.
O`zbekiston Maktabgacha ta`lim vazirligining xabariga ko`ra, Toshkent shahrida YuNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta`lim berish bo`yicha II Butunjahon konferensiyasini o`tkazish rejalashtirilgan.
Ma`lum qilinishicha, kecha ushbu konferensiyani yuqori saviyada tashkillashtirish va o`tkazish bo`yicha bir nechta dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yig`ilish yakunida Ishchi guruh a`zolariga aniq topshiriqlar berilgani vazifalar taqsimoti va ijro muddatlari belgilangani aytiladi. Shuningdek, ta`kidanishicha, ishchi guruh ham tuzilgan.






