AsosiyJinoyat

Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasida 6,5 mlrd so`mlik kamomad va noqonuniy o`zlashtirish holatlari aniqlandi

'Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasida 6,5 mlrd so`mlik kamomad va noqonuniy o`zlashtirish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasida  Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbiri tashkil etilib, qator kamchiliklar aniqlandi.  

Xabarda aytilishicha, 2022 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, “Issiqlik manbai” tarkibida jami 51 ta qozonxona mavjud bo`lib, ularning balans qiymati qariyb 1,5 mlrd so`mni tashkil etgan. Ammo, nazorat tadbir davrida qozonxonalarning kadastr hujjatlari taqdim etilmagan hamda 7 dona qozonxona boshqa shaxslarga berib yuborilganligi aniqlangan.  

Shuningdek, korxonada umumiy qiymati  qariyb 6,5 mlrd so`m bo`lgan qator moliyaviy kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlandi.  Xususan:  

- asossiz kirtilgan xarajatlar - 3,8 mlrd so`m;  

- tovar moddiy boyliklarining kamomadi -1,8 mlrd so`m;

- ortiqcha to`langan ish haqi - 833,3 mln so`m;

- boshqa shaxslarga berilgan binolar qiymati - 46,8 mln so`m;

- yonilg`i xarajatlarni ortiqcha sarflanishi - 45,5 mln so`m.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo`yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi. 

    Boshqa yangiliklar