AsosiyJamiyat

Elchixonamiz juda yaxshi ishladi. Hech qancha pul ishlatganimiz yo`q — Ukrainadan qaytgan fuqaro

'Elchixonamiz juda yaxshi ishladi. Hech qancha pul ishlatganimiz yo`q — Ukrainadan qaytgan fuqaro'ning rasmi

Avvalroq, kecha, 2 mart kuni "Uzbekistan Airways" AJning uchta samolyoti bilan 671 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Polshaning Katovise aeroporti orqali Ukrainadan evakuasiya qilingani haqida xabar bergan edik. Ular orasida 129 ayollar, 82 bolalar va 14 chaqaloqlar bor ekani ma`lum qilingandi.

Darakchi nashri muxbirlari evakuasiya qilingan yurtdoshlarimizning fikri bilan tanishdi. Ulardan biri Ukrainaga ishlash uchun ketganini, ko`p o`tmay urush boshlanganini ma`lum qilgan:

—Biz ishlash uchun Ukrainaga ketganmiz. Keyin urush boshlanib ketdi. Mamlakatimiz bizni Polsha orqali qaytarib olib keldi. Barchamizni juda yaxshi kutib olishdi. Shukr, sog`-omon qaytib keldik. Ukrainadagi urush jarayonlariga bevosita guvoh bo`lmadim, o`z  ko`zim bilan ko`rmadim, ammo u erdagi shovqin hammamizga eshitildi. Juda qo`rqinchli edi. Elchixonamiz juda yaxshi ishladi. Hech qancha pul ishlatganimiz yo`q, davlatimizni o`zi bizni qaytarib olib keldi. Davlatimizga, Prezidentimizga katta rahmat, — deydi fuqaro.

    Boshqa yangiliklar