O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3 mart kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi. Bu haqda Davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
2021 yil iyulda Toshkentda bo`lib o`tgan muzokaralarda ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko`tarilgan edi. Bu galgi tashrifda ushbu strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo, investisiya, sanoat kooperasiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish choralari muhokama qilinadi. Uchrashuvda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy maslalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar natijasi bo`yicha qo`shma deklarasiya va qator hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.






