AsosiyJamiyat

“Vatan tayanchi” bolalar va o`smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etildi

'“Vatan tayanchi” bolalar va o`smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etildi'ning rasmi

“Vatan tayanchi” bolalar va o`smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–150-son, 02.03.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq:

  • Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va o`smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etildi;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida boshqarma boshlig`ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo`limlarida bo`lim boshlig`ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari lavozimlari joriy etildi.

“Vatan tayanchi” bolalar va o`smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati davlat muassasasi hisoblanib, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari muassasa faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Qarorga ko`ra, maktablarda chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik fani o`qituvchisi rahbarligida 10-11-sinf o`quvchilaridan (tarkibi 20 nafar) iborat “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi. O`quvchilar unga ixtiyoriy a`zo bo`ladi.

2022/2023 o`quv yilidan “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktabni a`lo baholarga tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar a`zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy ta`lim muassasasiga o`qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanomaga egalar respublika oliy harbiy ta`lim muassasalarining tegishli ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko`ra to`plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo`shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo`ladi.

Tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.

    Boshqa yangiliklar