AsosiyJamiyat

O`zbekistonning qancha fuqarosi Polshada qolmoqda?

'O`zbekistonning qancha fuqarosi Polshada qolmoqda?'ning rasmi

O`zbekistonning evakuasiya qilinishi kerak bo`lgan 1100 dan ortiq fuqarosi Polsha hududida qolmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov ma`lum qildi.

Polsha hududida O`zbekistonning 1100 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 550 nafari Polsha davlat chegarasidagi to`planish nuqtasiga, 550 nafari esa Katovise aeroportiga joylashtirilgan.

“Joriy yilning 2-3 mart kunlari “Uzbekistan Airways” AJning uchta samolyoti bilan 671 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Polshaning Katovise aeroporti orqali Ukrainadan evakuasiya qilindi. Ular orasida 129 ayollar, 82 bolalar va 14 chaqaloqlar bor.

Umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali sakkizta aviareyslar bilan 1 859 nafar vatandoshimiz olib kelindi. Bugun yana bir necha evakuasiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan”, degan Qobuljonov.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, fuqarolarni evakuasiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar