Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko`ra, Kiev shahrida haligacha evakuasiya qilinmagan O`zbekiston fuqarolari bor ekan. Ularni olib chiqib ketish uchun qanday choralar ko`rilmoqda, mazmunida savollar bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov bu bo`yicha javob berdi.
"Kievda va Ukrainaning boshqa shaharlarida qolib ketgan fuqarolarimizni xavfsiz evakuasiya qilish bo`yicha ishlar davom ettirilmoqda. Mamlakat poytaxtida diaspora vakillari Elchixona transportini jalb qilgan holda ayollar, bolalar va keksalarni Kiev va uning atrofidagi hududlardan shahar temir yo`l stansiyasiga etkazmoqdalar", - deydi Kabuljanov.






