AsosiyDunyo

"Dunyo Ukrainaga yordam berishga kechikdi" — Zelenskiy

'"Dunyo Ukrainaga yordam berishga kechikdi" — Zelenskiy'ning rasmi

Ukraina rahbari jahon hamjamiyatini qat`iyatsizlikda aybladi. Bu haqda Zamon.uz' yozmoqda.

Qayd etiliishcha, prezident Volodimir Zelenskiy kecha xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashdi. 

Zelenskiy amerikalik muxbirning Rossiya bosqinchiligi fonida AQSh prezidenti Ukrainaga yordam berishda kechikdimi, degan savoliga javob berar ekan, butun dunyo Ukrainaga yordam berishga kech qolganini ta`kidladi.

"Gap nafaqat prezident Baydenda, balki butun dunyoning qat`iyatsizligida. Ukraina uchun butun dunyo kechikdi. Dunyoning barcha maydonlarida nima bo`layotganini ko`rib turibsiz. Odamlar chiqib, Ukrainani qo`llab-quvvatlamoqda",  — deydi Zelenskiy.

Shu bilan birga Zelenskiy AQSh prezidenti Bayden bilan so`nggi suhbatni ijobiy baholagan.

    Boshqa yangiliklar