AsosiyJinoyat

Asaka tumanida qalbaki 100 mln so`m pullarni o`tkazayotgan fuqarolar ushlandi

'Asaka tumanida qalbaki 100 mln so`m pullarni o`tkazayotgan fuqarolar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.A., X.R. va boshqalar qalbaki banknotalarni muomalaga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqarolar A.K. va X.N.ga 2 000 dona qalbaki 50 000 so`mlik kupyuralarni 57 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar