Xalq ta`limi vazirligining xabar berishicha Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi hamkorligidagi ushbu tanlovning tuman bosqichi joriy yilning 4 mart kuni boshlanib, unda 40 325 ming o`quvchi ishtirok etdi.
- Mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi g`oliblari 1-o`rin uchun – 100 million so`m, 2-o`rin uchun – 75 million so`m, 3-o`rin uchun – 50 million so`m miqdorida;
- Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (viloyat) bosqichi g`oliblari 1-o`rin uchun – 250 million so`m, 2-o`rin uchun – 200 million so`m, 3-o`rin uchun – 150 million so`m miqdorida;
- respublika bosqichi g`oliblari 1-o`rin uchun – 500 million so`m, 2-o`rin uchun – 400 million so`m, 3-o`rin o`rin uchun – 300 million so`m miqdorida mukofotlanadi.






