Avval xabar berganimizdek, Prezident raisligida OTMlar talabalari ishlab, daromad topishlari uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratish mavzusidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
— Qaysi hokim yoki rektor bo`sh ish o`rinlarini tahlil qilib, talabalarni joylashtirish bo`yicha ishlagan? Hozircha, bu savolga ijobiy javob yo`q.
Hokim va rektorlar, bir narsani bilinglar - ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta`minlash shart", dedi Prezident yig`ilishda.
Bu ishlarni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir boshchiligida respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi. Hokimlar ham rektorlar bilan birga hududlarda shunday komissiyalar tashkil etadi.
Komissiya:
- - viloyat hokimlari va rektorlar bilan birga har bir oliygoh kesimida “talabalar balansi”ni aniqlab oladi;
- - vakant o`rinlarini tahlil qilib, har bir viloyat bo`yicha 1, 2 va 3-kurs talabalarining kamida 30-40 foizini ishga joylash choralarini ko`radi;
- - bitiruvchi kurslar talabalarini esa hokim, rektor va korxonalar bilan birgalikda kelgusidagi ish joyini belgilab oladi va ularni haq to`lanadigan 3-4 oylik stajirovkaga yuboradi.






