AsosiyJamiyat

Har bir OTMda Bandlik markazlari tashkil etiladi

'Har bir OTMda Bandlik markazlari tashkil etiladi'ning rasmi

Yig`ilishda rektorlar OTMlarning yo`nalishiga qarab, aholi va tadbirkorlarga pullik xizmatlar ko`rsatib, 5 ming nafar talabaga qo`shimcha daromad olish imkoniyatini yaratishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

Jumladan, OTMlarda:

- qishloq xo`jaligi va veterinariya yo`nalishida issiqxona, bog`dorchilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, hayvonlarni emlash;

- xorijiy tillar yo`nalishida – til o`rgatish, turizm, tarjimonlik;

- iqtisodiy yo`nalishda – buxgalteriya, biznes rejalar ishlab chiqish, sug`urta xizmatlari;

- qurilish va arxitekturada – loyiha tayyorlash, dizaynerlik kabi pullik xizmatlarini yo`lga qo`ysa bo`ladi.

Har bir oliygoh rektoriga Oliy ta`lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bandlik markazlarini tashkil etish topshirildi.

Har bir OTMda bo`sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratib, kamida 10 tadan pullik kurslar, maishiy va boshqa xizmatlarni tashkil etish vazifasi qo`yildi.

Bu orqali 5 ming nafar talaba daromad keltiradigan ish bilan band bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar