AsosiyDunyo

Ukrainadan keyin yana ikki mamalakat EIga a`zo bo`lishni rejalashtirmoqda

'Ukrainadan keyin yana ikki mamalakat EIga a`zo bo`lishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Moldova Hukumati EIga a`zo bo`lish uchun ariza topshiradi. Bu haqda Euronews xabar tarqatmoqda. 

Bu haqda Respublika Prezidenti Mayya Sandu ma`lum qildi. Uning so`zlariga ko`ra, bu mamlakatning asosiy maqsadi va o`z kelajagini EIning bir qismi sifatida ko`radigan fuqarolarning tanlovidir. Bir kun avval Tashqi ishlar va Evropa integrasiyasi vaziri Nikolay Popesku mamlakat rahbariyati NATOga qo`shilish masalasini ko`rib chiqmayotganini ma`lum qilgan edi. 

Bir necha kun avval Gruziya bosh vaziri Irakliy Gariboshvili ham mamlakatga Evropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomini berish haqidagi arizani imzoladi. Uning ta`kidlashicha, bu Gruziyaning Evropa integrasiyasi yo`lidagi yana bir muhim bosqich bo`ladi. Hokimiyat qarorini muxolifat partiyalari vakillari qo`llab-quvvatladi. Ular evropalik hamkorlar bilan yanada samarali muzokaralar olib borish uchun qo`shma ishchi guruh tuzishni taklif qilmoqdalar.

    Boshqa yangiliklar