AsosiyDunyo

Pokistondagi masjidda portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

'Pokistondagi masjidda portlash yuz berdi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Pokistonda 4 mart kuni juma namozi paytida masjidda kuchli portlash oqibatida kamida 56 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Dawn agentligi. 

Qayd etilishicha, portlash Pokiston shimoli-g`arbidagi Peshovar shahridagi masjidda yuz bergan. Shuningdek, 194 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Manbada aytilishicha, jarohatlanganlarning aksariyati og`ir ahvolda. Hujum xudkush-terrorchi tomonidan sodir etilgani aytilmoqda. Masjidga ikki xudkush hujum qilgan. Avvaliga ular juma namozini o`qish uchun masjidga kirishga harakat qilishgan, biroq masjid atrofida turgan polisiyachilar bo`lgani uchun jinoyatchilar ularga qarata o`q uzgan. 

    Boshqa yangiliklar