AsosiyDunyo

Ukrainada urush boshlaganidan buyon necha nafar tinch aholi halok bo`lgani ma`lum qilindi

'Ukrainada urush boshlaganidan buyon necha nafar tinch aholi halok bo`lgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Ukrainada boshlangan harbiy yurishlar oqibatida mamlakatda kamida 331 nafar tinch aholi vakili halok bo`lgan. Bu haqda BMT bayonoti asosida Reuters xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, urush davomida halok bo`lgan 331 nafar aholidan, 19 nafarini bolalar tashkil qiladi. Bundan tashqari, kamida 675 nafar kishi jarohat olgan. 

Tashkilotning ma`lum qilishicha, haqiqiy halok bo`lgan soni bundan ko`p bo`lishi ehtimoli bor. 

Avvalroq BMT Ukrainada halok bo`lgan tinch aholi sonini kamida 249 kishini tashkil qilishini, shundan 17tasi bolalar ekanini ma`lum qilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar