Bugun, 4 mart kuni O`zbekiston fuqarolari bo`lib turgan Ukraina-Polsha chegarasidagi “Karchova” nazorat-o`tkazish punkti yaqinidagi to`planish nuqtasiga Polsha Prezidenti Anjey Duda tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma`lum qildi.
Tashrifi davomida mamlakat rahbari birinchi navbatda O`zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari yoniga kelib, u, ular bilan suhbatlashgan.
"Siz yurtingiz fuqarolari uchun muhim va ezgu ishni qilyapsiz. Sizning harakatlaringizni ko`rib boshqa davlatlar diplomatlari va ko`ngillilar faoliyatingizdan ilhom olishi shubhasiz. Menga O`zbekiston hukumati o`z fuqarolarini evakuasiya qilishni birinchi bo`lib boshlagani haqida aytib berishdi va bu sa`y-harakatlaringizni O`zbekiston hukumatining o`z fuqarolariga nisbatan muhim e`tibori va otalarcha g`amxo`rligi deb bilaman.
Hech qancha vaqt ilgari biz ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolgandik va sizga qo`shni bo`lgan davlatni tark etgan fuqarolarimiz hamda Evropa mamlakatlarining fuqarolaridan xavotirda edik. Biz ularni evakuasiya qilishdek bu og`ir operasiyani faqat O`zbekistonning faol ko`magi bilan amalga oshira oldik. Bu bizning yodimizda”, - degan prezident.
Anjey Duda ham O`zbekiston fuqarolari bilan samimiy suhbatlashib, ularni qo`llab-quvvatlashi va zarur yordam ko`rsatishini aytib o`tdi.






