1

Turkiyada maktab o`quvchilarini olib ketayotgan avtobus ag`darilib ketdi

Dunyo 06.06.2016, 12:01
Teglar: Avtobus
Turkiyada maktab o`quvchilarini olib ketayotgan avtobus ag`darilib ketdi

Turkiya janubida maktab o`quvchilari mingan avtobus sug`orish kanaliga ag`darilib, 14 kishi halok bo`lgan, 26 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri. 

Bu voqea yakshanba kuni kechqurun, Usmoniya viloyatida ro`y berdi. Ma`lumotlarga ko`ra, maktab o`quvchilari mingan avtobus ekskursiya uchun Iskandariyadan Qoratepa qal`asi tomon ketayotgan bo`lgan, haydovchi rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. 

Halokatni tasodifiy yo`lovchilar ko`rib qolib, jabrlanganlarga yordam berishga harakat qilishgan. Voqea joyiga ko`plab qutqaruvchilar, bir necha “Tez yordam” mashinalari etib kelgan.

Olti nafar bola, sakkiz nafar odam voqea joyida, bir kishi kasalxonada vafot etgan. Uch kishi esa og`ir ahvolda jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Voqea joyida hamon qidiruv va qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Sankt-Peterburgda yo`lovchi avtobus daryoga tushib ketdi

10.05.2024, 18:04

Sankt-Peterburg shahri markazida ichida o`nlab yo`lovchilar bo`lgan avtobus Moyka daryosiga quladi. Holat aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Bu haqda RIO Novosti xabar berdi.“Fontanka” nashri guvohlarga...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
Qozog`istonda 33 nafar o`zbekistonlik yo`lovchi bo`lgan avtobus to`xtab qoldi

03.02.2023, 10:42

Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1