Fransiya hukumati 14 mart kunidan boshlab koronavirusga qarshi o`rnatilgan barcha cheklovlarni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hukumat emlash sertifikatlari va tibbiy niqob taqish majburiyati bekor qiladi. Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks bu borada quyidagilarni ma`lum qildi.
"Biz sanitariya choralarini yumshatishning yangi bosqichiga kirmoqdamiz", - degan u.
Ma`lumot uchun, Fransiyada koronavirus cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. Niqob taqish, tungi klublar va gavjum joylarga borish kabi cheklovlar olib tashlanmoqda.






