AsosiyJamiyat

Sirdaryo va Surxondaryoda kredit mablag`larini talon-toroj qilgan fuqarolar aniqlandi

'Sirdaryo va Surxondaryoda kredit mablag`larini talon-toroj qilgan fuqarolar aniqlandi'ning rasmi

Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida kredit mablag`laridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo`limi tomonidan bank muassasasining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.K.” MChJ rahbari T.H. va boshqalar oldindan til biriktirib, MChJga tibbiy xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida ajratilgan 7 mlrd so`m kredit mablag`ining 3,5 mlrd so`mini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganliklari  aniqlangan.

Xuddi shunday, Termiz shahar bo`limi tomonidan bank muassasasining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro U.S. “T.Q.” MChJga norasmiy rahbarlik qilib, MChJga non mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asosiy vositalar sotib olish maqsadida ajratilgan 500 mln so`m kredit mablag`ini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganligi, shuningdek, kredit ta`minoti sifatida garovga qo`yilgan binoni qonunga xilof ravishda tasarruf etganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar