Rossiya hukumati qator davlatlardan qishloq xo`jaligi mahsulotlari importiga qo`yilgan cheklovlarni olib tashladi. Xususan, O`zbekistondan qalampir va pomidor importiga to`liq ruxsat etiladi.
2022 yil 5 martdan boshlab Rosselxoznadzor ilgari kiritilgan cheklovlarni bekor qiladi va ishlab chiqarish korxonalariga qo`yilgan cheklovlarni hisobga olmagan holda to`qqiz mamlakatdan Rossiyaga sabzavot mahsulotlarini import qilishni tiklaydi. Import qilishga ruxsat berilgan mamlakatlar quyidagilar:
- - Armaniston Respublikasidan pomidor;
- - Ozarbayjon Respublikasidan pomidor;
- - Belarus Respublikasidan pomidor va qalampir;
- - Qozog`iston Respublikasidan pomidor va qalampir;
- - Misr Arab Respublikasidan kartoshka;
- - Qirg`iziston Respublikasidan pomidor va qalampir;
- - Turkiya Respublikasidan pomidor, qalampir, qovoq va baqlajon;
- - Turkmanistondan pomidor va qalampir;
- - O`zbekiston Respublikasidan pomidor va qalampir.






