AsosiyJamiyat

O`zbekistonning qator hududlariga kuchli qum bo`roni yopirildi

'O`zbekistonning qator hududlariga kuchli qum bo`roni yopirildi'ning rasmi

FVV matbuot xizmati Respublika hududida sodir bo`layotgan kuchli shamol yuzasidan ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 5 mart kuni Resrublikamizda yuzaga kelgan kuchli shamol natijasida ayrim viloyatlardagi binolarning tom qismi erga tushgan.  

Jumladan: soat 05:30da Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahar “Vatanparvar” MFYda joylashgan ko`p qavatli uyning taxminan 120 m.kv, O`zbekiston ko`chasida joylashgan Stomatologiya binosining 100 m.kv, Do`stlik MFYda joylashag ko`p qavatli uyning 250-300 m.kv;

Soat 08:10da Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar A.Do`snazarov ko`chasida joylashgan uyning 350 m.kv;

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 8-mitti tuman A.Navoiy ko`chasida joylashgan uyning 100 m.kv maydonda tom qismlari shamol natijasida erga tushgan.

Voqea joyiga FVVning hududiy boshqarmalari rahbaryati va qutqaruv bo`linmalari jalb etilib, kuchli shamol talofotlarini bartaraf etish ishlari olib borildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayd etilmadi.

    Boshqa yangiliklar