AsosiyJamiyat

Ukrainadan evakuasiya qilinayotgan uch nafar 21 yoshli yigit Polsha chegarasida avtohalokatga uchradi. Ulardan biri vafot etgan

'Ukrainadan evakuasiya qilinayotgan uch nafar 21 yoshli yigit Polsha chegarasida avtohalokatga uchradi. Ulardan biri vafot etgan'ning rasmi

Polsha chegarasida uch nafar O`zbekiston fuqarosi avtohalokatga uchradi. Bu haqda O`zbekistonning Ukrianadagi elchisi Alisher Kurmanov ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, O`zbekistonning uch fuqarosi: Hakimov Otabek Ravshanbek o`g`li (2001 yilda tug`ilgan),  Xusainov Behzod Jamoliddin o`g`li (2001 yilda tug`ilgan) va Solohiddinov Sherzod Shavkat o`g`li (2001 yilda tug`ilgan), Polsha chegarasiga kiraverishda avtohalokatga uchragan.

Dahshatli fojia natijasida Otabek Hakimov voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafar O`zbekiston fuqarosi Lvovdagi shahar kasalxonasida.

O`zbekistonning Kievdagi elchixonasi zudlik bilan elchixona ko`ngillilari guruhi vakili, malakali shifokor Temurbek Yusupovni Lvovga jo`natgan. Uning Lvovga kelishi bugun, 5 mart kuni kutilmoqda.

«Hakimov Otabekning yaqinlariga hamdardlik bildirgan holda, jabrlangan vatandoshlarning barcha qarindoshlari va yaqinlarini ishontirib aytamizki, elchixona ularning hayotini saqlab qolish, jumladan, dori-darmonlar bilan ta`minlash va Ukrainaning etakchi shifokorlari bilan maslahatlashish uchun barcha sa`y-harakatlarini amalga oshiradi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, elchixona Otabek Hakimovning jasadini o`zbek an`analariga muvofiq mumkin bo`lgan eng tez vaqtda o`z vataniga jo`natish bo`yicha sa`y-harakatlarni amalga oshiradi.

«Shu bilan birga, biz bu masalani hal qilish mamlakatda olib borilayotgan harbiy harakatlar va ommaviy evakuasiya tufayli murakkablashayotganini tushunishingizni so`raymiz», — deya ta`kidlanadi xabarda.

    Boshqa yangiliklar