AsosiyJamiyat

Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 apreldagi “Navoiy viloyatining olis cho`l tumanlarida aholini turmush darajasini  yanada oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-2925-sonli qarori talablarining ijrosi bo`yicha viloyatning Uchquduq tumanida o`rganish o`tkazildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 Ma`lumki, mazkur Qarorda olis cho`l hududida kamida uch yildan ortiq yashagan shaxslar oliy ta`lim muassasalarida davlat granti asosida qabul qilinishi belgilangan.

O`rganishlar mobaynida esa Uchquduq tuman hokimining sobiq o`rinbosari va boshqalar cho`l hududida joylashgan “Yo`lchilar”, “Ko`kpatas” va “Ko`kayaz” MFYlarida uch yil davomida yashamagan 33 nafar shaxsga ularning ushbu muddatda qayd etilgan mahallalarda yashaganligi to`g`risida soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib berib, shundan 25 nafarini oliy ta`lim muassasalariga davlat granti asosida o`qishga kirishiga sababchi bo`lganligi aniqlandi. 

Natijada davlat va fuqarolarning huquqlari, qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlariga jiddiy ziyon etkazilgan. Shuningdek, ushbu talabalarning grant asosida o`qishi uchun amalda 650 mln. so`m byudjet mablag`larining sarflanishiga sababchi bo`lib, davlat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazilgan

Agentlik tomonidan mazkur holat yuzasidan to`plangan hujjatlar hamda prokuratura idoralari o`tkazgan qo`shimcha o`rganishlar bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturaci tomonidan Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan  bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar