Amerika Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni ertalab dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 443 777 392 nafarga etdi. Bu haqda Worldometer xabar bermoqda.
Pandemiya boshlanganidan buyon 5 989 857 kishi vafot etgan.
Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo`yicha etakchilikni Amerika Qo`shma Shtatlar egallab turibdi, u erda SOVID-19 bilan kasallanganlar soni 79 250 509 nafar, vafot etganlar soni 958 144 nafarni tashkil qildi.
Hindiston kasallanganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, jami holatlar soni 42 957 477 ga etdi va virus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etganlar soni 514 878 ni tashkil qiladi.
Uchinchi o`rinda Braziliya joylashgan bo`lib, u erda 28 978 052 kishi kasallangan, ulardan 651 522 kishi vafot etgan.






