O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2022 yilning 5 mart kuni o`zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o`rnak bo`lib kelayotgan qizlarni rag`batlantirish maqsadida “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risida”gi qarorini imzoladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlarini amalga oshirish, o`zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o`rnak bo`lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro`yobga chiqarayotgan, chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, muhim g`oya va tashabbuslarni ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko`rsatayotgan qizlarni munosib rag`batlantirish maqsadida:
1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a`lo xulqi, noyob iste`dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o`qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta`lim, fan, adabiyot, san`at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risidagi takliflari ilovadagi ro`yxatga muvofiq ma`qullansin.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o`tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko`krak nishonlari topshirilsin.
3. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta`minlasin.
4. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste`dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Z.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYoEV
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022 yil 5 martdagi PQ-155-son qaroriga ilova
ZULFIYa NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANGANLAR RO`YXATI
Maqsadova Zuxraxon Qaxramon qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi
Orinbaeva Erkinay Quanishbay kizi - Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi
Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi - Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi
Mashrabova Muxlisa Alijon qizi - Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi
Davlatova Nafosat Furqat qizi - O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)
Shonazarova Mushtariy Begim Shavkatovna - Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi
Abduvalieva Aziza Farhod qizi - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik liseyining 2-bosqich o`quvchisi (Jizzax viloyati)
Bahodirova Sevara Bahodir qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)
G`o`chchieva Rohilabonu Abdurahmon qizi - O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
Qurbonova Oftoboyim Husniddinovna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining kafedra assistenti
Murodullaeva Yulduz Bexzod qizi - Navoiy viloyati Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 11-sinf o`quvchisi
Sayfullaeva Gulhayo Ixtiyor qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining kafedra katta o`qituvchisi
Axmadalieva Nilufar Qobuljon qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
Juraeva Gulchexraxon Zokirjon qizi - O`zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
Orziqulova Xilola Fazliddin qizi - O`zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)
Xalilova Mahbuba Asqarali qizi - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 59-ko`zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 12-sinf o`quvchisi
Abdunabieva Farangiz Odiljon qizi - Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya zaxiralari kollejining 11-sinf o`quvchisi
Alimova E`zoza Zafar qizi - Toshkent davlat pedagogika universitetining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
Qushoqova Gulhayo Bahodir qizi - Surxondaryo viloyati Termiz jamoat salomatligi texnikumining 2-bosqich o`quvchisi
Xolboeva Aziza Ixtiyarovna - Termiz davlat universitetining tayanch doktoranti
Abdusalamova Kumushxon Shakir qizi - Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich magistranti (Toshkent viloyati)
Seit-Asan Feride Ernestovna - O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich magistranti (Toshkent viloyati)
Naypak Vasilisa Romanovna - Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati institutining 3-bosqich talabasi (Farg`ona viloyati)
Oripova Zarnigorxon Matqulbek qizi - Farg`ona politexnika institutining 1-bosqich magistranti
Davletova Ullijon Sapavoy qizi - Urganch davlat universitetining 3-bosqich talabasi
Sa`dullaeva Madina Odamboy qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o`quvchisi
Jamilova Sabina Ulug`bek qizi - O`zbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri)
Rixsiboeva Madinaxon Qodirjon qizi - Toshkent davlat pedagogika universitetining kafedra o`qituvchisi (Toshkent shahri)