Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi haqida bir qator bayonotlar berdi. Zamon.uz sayti Rossiya Prezidentidan navbatdagi bayonotidan ihtiboslar keltirdi.
– U Ukrainaga qarshi urush boshlash qarorni qabul qilish “qiyin” bo`lgan;
– Ukraina Sovet davridan beri yadro va raketa bo`yicha vakolatlarga ega;
– Rossiya Ukrainadagi vaziyatni “tinch yo`l bilan” hal qilishga uringan;
– Donbassga “rus tilida gaplashish va o`ziga xos tarzda yashash” uchun ruxsat berish kerak edi;
– Ukrainaga qarshi urushda halok bo`layotgan rus askarlari “kelajagimiz uchun kurashmoqda”;
– Agar Ukraina hukumati o`zlari qilayotgan ishda davom etsa, bu “Ukraina davlatchiligining kelajagi”ni shubha ostiga qo`yadi;
– Ukrainaning neytral maqomi NATOga kirmasligi uchun kerak;
– Faqat Donbassga qo`shin jo`natish mumkin edi, ammo Kiev G`arb davlatlaridan “cheksiz yordam oladi”;
– Ukraina harbiy infratuzilmasini yo`q qilish bo`yicha ishlar deyarli yakunlandi;
– Ukraina uzra parvozlarni taqiqlovchi hudud yaratishga urinish harbiy harakatlarda ishtirok etish sifatida baholanadi;
– Ukrainada hukumat tarkibida “neonasistlar” bor;
– Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining bayonotidan keyin Rossiya Federasiyasi yadro kuchlari maxsus rejimga o`tkazildi;
– Biz Rossiya Federasiyasi hududida hech qanday maxsus qoida joriy etishni rejalashtirmayapmiz;
– Harbiy holat qonunga muvofiq, tashqi tajovuz sodir bo`lgan taqdirda joriy etiladi;
Shuningdek, Putinning aytishicha, operasiyada faqat professional harbiylar qatnashadi, harbiy xizmatga chaqiriluvchilar yo`q.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Xerson aholisi rus harbiylarini shahardan haydab chiqargan edi. Minglab Xerson aholisining mitingi rus bosqinchilarini shaharni tark etishga majbur qildi.






