Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, 5 mart mamlakatimiz hududlari bo`ylab 98 595 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 6 693 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 20 257 nafarni,
3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 71 645 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 46 450 693 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 19 734 003 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 15 575 536 nafarni,
3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 11 141 154 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Toshkent viloyati (13 883 doza),
- Andijon viloyati (13 612 doza),
- Samarqand viloyati (13 031 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 92 foizga, to`liq vaksina kursini olganlar esa 73 foizga etgan.






