2022 yilning 5 mart sanasi Yunusobod tumani IIO FMB profilaktika inspektori leytenant Xudoyberdiev Behruz Nurali o`g`li uchun unutilmas kunga aylandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, shu kuni Behruzning rafiqasi Kamola 4 nafar farzandni dunyoga keltirdi. Uch o`g`il va bir qiz.
Toshkent shahar IIBB Xudoyberdievlar oilasini baxtli kun bilan muborakbod etdi.






