AsosiyDunyo

Ukrainadan Rossiya hududiga o`ta olmayotgan o`zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar borligi aytilmoqda

'Ukrainadan Rossiya hududiga o`ta olmayotgan o`zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar borligi aytilmoqda'ning rasmi

O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabariga ko`ra, konsullik bo`limining Call-markaziga Ukraina hududidan Rossiyaga xalqaro avtomobil nazorat punktlari orqali o`ta olmayotgan avtomobil tashuvchi o`zbekistonliklardan murojaatlar kelib tushmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, kelib tushayotgan murojaatlar asosida ro`yxatlar tuzilib, Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Ukraina—Rossiya davlatlararo chegarasida XANP orqali transport vositalarining o`tishiga yordam berish so`rovi bilan rasmiy ravishda murojaat qilinmoqda. Bir vaqtning o`zida ushbu masalalar bo`yicha Rossiya Mudofaa vazirligi bilan ham ish olib borilmoqda.

Ayni paytda Rossiya tomoni ko`magida o`zbekistonlik 12 nafar avtotashuvchi mamlakatga kiritilgan. Ularning 8 nafari Ukrainaning Sumi viloyatida, 3 ta avtomobil Xarkov viloyatida, 1 ta avtotransport Rossiya chegarasidan Ukrainaga o`tuvchi «Nexoteevka» neytral hududining nazorat o`tkazish punktida bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar