Polkovnik Orinbaev Amanbay Tleubaevich Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV Ma`naviy-ma`rifiy ishlar va kadrlar bilan ta`minlash departamenti xabar berdi.
Tayinlovga qadar Amanbay Orinbaev IIV JXD Probasiya xizmati boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan. Bu lavozimga yil boshida tayinlangan edi. U bunga qadar IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan.






