5 mart, shanba kuni AQShning Ogayo shtatida sodir bo`lgan tornado olti kishining hayotiga zomin bo`ldi. Bu haqda Associated Press ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, halok bo`lganlardan 4tasi katta yoshda, 2tasi bolalar ekani aytilmoqda.
Madison okrugi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi agentligi ta`kidlashicha, yana to`rt kishi jarohatlangan.
Tabiiy ofatdan 25 dan 30 tagacha uy, elektr tarmoqlari, daraxtlar jiddiy zarar ko`rgan, deb yozadi agentlik.






