Jammu va Kashmir ittifoqdosh hududi poytaxti Srinagar shahrida 6 mart, yakshanba kuni terakt sodir bo`ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sodir bo`lgan terakt oqibatida kamida bir kishi halok bo`ldi, 20 kishi yaralandi.
Guvohlarning ma`lum qilishicha, noma`lum terrorchilar gavjum bozorda polisiya va harbiylar guruhiga granata uloqtirgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga etkazilgan.
“71 yoshli erkak halok bo`ldi, yana bir yosh ayolning ahvoli og`ir”, — deya polisiya xodimi Rakesh Balval so`zlaridan iqtibos keltirmoqda telekanal. Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmadi.






