AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning ta`kidlashicha, NATO a`zolari tomonidan Ukrainaga samolyotlar yuborish uchun "yashil chiroq" yoqilgan. Chunki AQSh va uning ittifoqchilari Ukrainani Rossiya bosqinidan himoya qilishda yordam berishda davom etmoqda, deya qayd etiladi. Bu haqda kecha, 6 mart kuni CBS New xabar bergan.
"AQSh Prezident Zelenskiy Kongress a`zolariga shanba kuni Zoom qo`ng`irog`i paytida qiruvchi samolyotlar berishni iltimos qilganidan bir kun o`tib, AQSh NATO mamlakatlariga Ukrainaga qirivchi yuborishga ruxsat berdi",- deb yozadi Blinken.
Blinkenning aytishicha, hozirda Polsha bilan Ukrainani maxsus samolyotlar bilan ta`minlash bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda Polshaning mudofaa qobiliyatini to`ldirish yo`llari ustida ishlanmoqda, biroq bu qaror bir qancha savollarni tug`dirayogani aytiladi, jumladan, samolyotlar Polshadan Ukrainaga qanday ko`chirilishi mumkinligi masalasi ko`ndalang tashlangan.






