Ayni damda Qoraqalpog`istonning ayrim hududlarida qor yog`moqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tabiat hodisasi aks etgan videolar tarqalmoqda.
Eslatib o`tamiz, kecha "O`zgidromet" mazkur hududda hafta davomida havo o`zgarib turishi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkinligidan ogohlantirgandi.






