AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 31 nafar mahkum bilan Suriyadagi jangarilar safiga qo`shilishni rejalashtirgan mahbus aniqlandi

'Sirdaryoda 31 nafar mahkum bilan Suriyadagi jangarilar safiga qo`shilishni rejalashtirgan mahbus aniqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining turli viloyatlaridagi jazoni ijro etish manzil koloniyalarida saqlanayotgan 20 nafar mahkum va 11 nafar ozodlikda yurgan fuqaro bilan aloqada bo`lib, buzg`unchi g`oyalar targ`iboti bilan shug`ullangan va kelajakda Suriyadagi jangarilar safiga chiqib ketishni rejalashtirgan mahbus aniqlandi.

1991 yilda tug`ilgan P.S. avval «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkilotiga a`zoligi uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum etilib, 2020 yildan buyon Guliston tumanidagi manzil koloniyada jazo o`tayotgan edi. U o`z qilmishlaridan to`g`ri xulosa chiqarmasdan, pinhona ravishda boshqa mahkumlarga va ozodlikdagi tanishlariga ekstremistik va aqidaparastlik ruhidagi materiallarni tarqatib kelganligi aniqlangan.

O`zbekiston Respublikasi DXX va IIV Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmalari hamkorligida prokuror sanksiyasiga asosan 31 nafar fuqaroning jazoni o`tash va yashash manzillarida tezkor-tergov harakatlari amalga oshirildi.

Aniqlangan ashyoviy dalillar va elektron tashuvchi moslamalarda saqlangan materiallarga asosan Jinoyat kodeksining 244 prim 1-moddasi 3-qismi «a, g» bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar