2022 yil 6 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 236967 (+68) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
3 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
1 nafari Navoiy viloyatida,
3 nafari Namangan viloyatida,
2 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
20 nafari Toshkent viloyatida,
33 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 234113 (+91) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, kecha 5 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.






