AsosiyJamiyat

Xorazm viloyati hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Xorazm viloyati hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Ismailov Sherzod Bekberganovich Xorazm viloyat hokimining investisiyalar, innovasiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, Sh.Ismailov tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchixonasi savdo iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar