Qashqadaryo viloyatda aholiga ko`rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish, jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo`yicha zarur choralar ko`rilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu yo`nalishda mikroavtobuslar qatnovining yo`lga qo`yilishi Shahrisabz, Yakkabog` va Qamashi tumanlari aholisi ham katta qulaylik yaratdi.
Mazkur yo`nalishda 15 ta mikroavtobuslar yo`lovchilarga xizmat ko`rsatmoqda. Qatnov jadval asosida tashkil etilgan.






