AsosiyJamiyat

Bugun barcha ishchilar 1 soat oldin ketishi kerak!

'Bugun barcha ishchilar 1 soat oldin ketishi kerak!'ning rasmi

Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo`yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo`lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo`yicha yo`l qo`yiladi.

Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko`ra ishni to`xtatib turish mumkin bo`lmagan joylarda, aholiga xizmat ko`rsatish zarurati bo`lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo`lmaydigan ta`mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo`l qo`yiladi.

Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi.

 Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar